@NavbatchiRobot foydalanish qo'llanmasi

Salom, qadrli do'stim! Ushbu maqolani o'qib, Siz UzProDevel LLC jamoasining ilk o'zbekcha "jonli" roboti haqida barcha ma'lumotlarga ega bo'lasiz. Bir boshidan boshlaymiz...

#1 Navbatchi logotipi

I  UMUMIY MA'LUMOTLAR

Nazoratchi o'zi nima (yoki kim)?
Navbatchi bu - Telegram tarmog'idagi bot hisoblanib, u guruh boshqaruvida yordamlashish kabi bir qator imkoniyatlarga ega.
Navbatchi bot kim tomonidan yaratilgan?
@NavbatchiRobot UzProDevel LLC jamoasi tomonidan yaratilgan va bu jamoa mulkidir. Botga tegishli barcha huquqlar ushbu jamoaga tegishli hisoblanadi.
#2 UzProDevel LLC logotipi
Bot nimada yaratilgan?
Botni yaratish uchun hech qanday bot-konstruktorlar (masalan, @ManyBot) ishlatilmagan. Bot uchun "Python" dasturlash tilidan foydalanilgan. Bot yopiq manbali proekt hisoblanib, foydalanilgan resurslar va kodlar e'lon qilinmaydi.
@NavbatchiRobot qachon yaratilgan?
Bot 2018 yil, 25-iyun, kechki vaqt bilan soat 8:15 da yaratilgan.
Bu botni qanday topsam bo'ladi?
Buning uchun Siz Telegram dasturiga kirib, "Поиск" ("Izlash")ga bosasiz va u yerga @NavbatchiRobot so'zini yozasiz.
#3 Botni Izlash
Keyin "Navbatchiga"ga kirib, uni ishga tushirish uchun "Start" tugmasini bosing.
#4 Botga start verish
Mana endi botdan foydalanishingiz mumkin endi bot 24 soat mobaynida ishlaydi!
Bot Imkoniyatlari

Superguruhlarni keraksiz xabarlardan tozalash

⭕️ Stiker - guruhda stiker jo'natilsa, o'chirib tashlash.
⭕️ @Username - guruhingizda jo'natilgan linklarni, masalan, @NavbatchiRobot, t.me/NavbatchiRobot kabilarning hammasini o'chiradi.
⭕️ Joinchat linki - endi guruhdagi kanal reklamalarini o'chiradi. (Agar joinchat linki bo'lsa!)
⭕️ Read-Onlyne - bu funcsiya gruhlarda haqoratli suzlarni ishlatgan foydalanuvchini 1sutka Read-Onlyne rejimiga tushiradi va u foydalanuvchi 1 sutka yozish xquqidan maxrum buladi.
⭕️ Admin - guruhingizdagi adminlar uchun ishlamaydi. Siz stiker, linklarni cheklab qo'ysangiz ham adminlar jo'natganda uni o'chirmaydi. 
#5 Read-Onlyne rejimi

II  BOTNI GURUHLARDA ISHLATISH BO'YICHA QO'LLANMA

Botni qanday qilib superguruhlarga qo'shish mumkin?

    Birinchi usul

1. @NavbatchiRobot 'ga "Start" bering.
2. Xabarda kelgan  "👥Guruhaga qo'shish➕" tugmasini bosing.
#6 Botni superguruhga qo'shish
3. Superguruhni tanlang.
4. Tayyor! Bot qo'shildi.

Ikkinchi usul

1. Superguruhga kiring.
2. "Добавить участника" ("A'zo qo'shish") tugmasini bosing.
#7 Botni superguruhga qo'shish
3. @NavbatchiRobot'ni izlang.

#8 Botni superguruhga qo'shish
4. Tayyor! Bot qo'shildi.
Botni nimaga guruhda yozmayapti?
Bot Sizning guruhingizniham nazorat qilishi uchun @NavbatchiRobot 'ni admin qilish kerak.

Bot qanday qilib admin qilinadi?
1. A'zolar qatoridan "Navbatchi"ni izlang va uning ustiga bosib turing.
2. "Назначить адмиеистраторам" ("Admin qilish") yozuviga bosing.
#9 Botni guruh admini qilish
3. Bot to'g'ri ishlashi uchun botga barcha imkoniyatlar berilishi shart. Bu ish umuman yomon oqibatlarga olib kelmaydi.
#10 Botni guruh admini qilish
4. Tayyor! Bot endi to'liq ishlaydi.
Qanday qilib "Tozalash" funksiyasi yoqiladi?
"Tozalash" funksiyasini yoqish uchun o'z guruhingizga "/start@NavbatchiRobot" so'zini jo'nating va bot gruhingizda ishlka tushadi

Yana yordam kerakmi?

Support botimiz yordamida bizbikan bog'laning
Bot haqida fikirlar, savolar va takliflarni UzProDevel FAQ guruhiga yunlang.
UzProDevel - yosh dasturchilarni qullab quvatlash markazi

©2019 UzProDevel LLC | Barcha xquqlar ximoyalanga